Ortiqcha qogʻozbozliklarga barham berildi

14:39 04 Fevral 2019 Jamiyat
1230 0

Illyustrativ foto

Fuqarolarning pensiyalarni hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish maxsus markazlashtirilgan elektron reyestr bazasi asosida tashkil etiladi. Yaʼni mazkur elektron baza ishga tushganidan keyin pensiyaga chiqayotgan shaxs ish haqi haqidagi turli maʼlumotnomalarni Pensiya jamgʻarmasiga topshirishiga hojat qolmaydi.

Ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2019-yil 1-yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etiladi.

Bundan tashqari, 2019-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha interaktiv xizmati joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер