Oʻrta Chirchiqda bir yildan ortiq qidiruvda boʻlgan jinoyatchi qoʻlga olindi

11:33 25 Noyabr 2021 Jamiyat
1261 0

“Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash va jinoyatlarni ochish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot kotibi xabar berdi.

23-noyabr kuni Oʻrta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan bir yildan buyon talonchilik va qotillik jinoyati uchun qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qoʻlga olish vaqtida erkak yashirinishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga boʻysunmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер