Oʻrikzor bozori qachon ochiladi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 23-may Oʻrikzor savdo majmuasida bir nafar tadbirkorda koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli bozor karantinga yopilgan edi.
Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, hududdagi Sanitariya epidemiologik va osoyishtalik markazi tomonidan mazkur majmuada dezinfeksiya tadbirlari toʻliq amalga oshirilib, bozor savdo qilish uchun tayyor holatga keltirilgan.
Hozircha, Oʻrikzor savdo majmuasi qachon ochilishi haqida rasmiy maʼlumot yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring