Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish uchun USAID tomonidan 10 mln. dollarlik grant ajratildi

07:24 19 May 2022 Jamiyat
559 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Yoshlar bandligi va tadbirkorligini kengaytirishga qaratilgan 10 mln. dollarlik begʻaraz grant mablagʻlari doirasida xalqaro loyihani amalga oshirish jarayoni boshlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi AQSHning xalqaro taraqqiyot agentligi USAID bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha tajriba-sinov tariqasida Fargʻona viloyatida oʻz ishini boshladi.

Loyihaga koʻra umumtaʼlim maktablarida oʻtiladigan “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” darslarining oʻtilish jarayoni tahlil qilinib, yangi standart, oʻquv dastur, metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, oʻquvchilarga istiqbolli kasblarni egallashi uchun poydevor boʻladigan bilim va koʻnikmalar berib borish kabi qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер