Oʻquvchilarga musiqani chuqurroq oʻrgatish maqsadida 4 dars soati joriy qilinadi
“Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, oʻqituvchilar tomonidan cholgʻu asboblarini oʻrgatish boʻyicha amaliy toʻgaraklar tashkil etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, musiqa darsini chuqurroq oʻrganish maqsadida imkoniyatdan kelib chiqib 4 dars soati joriy qilinadi.
Shuningdek, 2022/2023 oʻquv yilidan musiqa asboblarini oʻrganish uchun kerakli oʻquv-metodik qoʻllanmalar, darsliklar va notalar Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilib taʼlim muassasalariga yetkazib beradi.
Qarorga koʻra, avval har bir musiqa oʻqituvchi bitta musiqa asbobini chalish koʻnikmasiga ega boʻlsa, endilikda 3 ta musiqa asbobi boʻyicha bilimga ega boʻlishi shartligi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring