Oqoʻrda qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 8-avgust kuni Oqoʻrda qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar. Birgalikda suratga tushildi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda. Tomonlar Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring