O‘qituvchilarning maoshi bosqichma-bosqich oshirib boriladi

17:25 21 Iyun 2018 Jamiyat
2050 0

O‘qituvchilarni munosib rag‘batlantirish, maoshini oshirish choralari ko‘riladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tildi.

Ammo, bular bir kunda bo‘ladigan ish emas. Bu, albatta, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deyiladi O‘zA xabarida

O‘qituvchilarning zarur sharoitda ishlashi uchun maktablar infratuzilmasi yaxshilanadi, yangi maktablar bunyod etiladi. Qurilayotgan boshqa korxonalar vaqtida ishga tushmasligi mumkin, lekin maktab o‘z vaqtida ishga tushishi shart.

Bunday shart-sharoitlar yaratilishi malakali kadrlar, ayniqsa, erkak o‘qituvchilarni maktabga jalb etishga yana imkon berishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер