Oʻqituvchi ishga tiklandi va...

13:15 20 Noyabr 2020 Jamiyat
1186 0

Avvalo shuni qayd etish kerakki, Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qoʻyilgan.

Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham oʻz ifodasini topgan boʻlib, qonunga koʻra hech kim asossiz ravishda ishdan boʻshatilishi mumkin emas. Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bogʻliq nizolar uchrab turibdi.

Shu oʻrinda, majburiy progul — bu muayyan xodim ish beruvchining aybi bilan ishlash imkoniyatidan mahrum boʻlgan vaqt sanalib, u ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda bejiz toʻxtalganimiz yoʻq.

Majburiy ijro byurosi Qorovulbozor tuman boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Kogon tumanlararo sudining Qorovulbozor sanoat va transport kasb-hunar kollejiga nisbatan undiruvchi D.Hamroyevani ishga tiklash, majburiy progul uchun sakkiz million uch yuz ming soʻm miqdoridagi ish haqini undirish toʻgʻrisida ijro varaqasi kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi D.Hamroyeva oʻqituvchi vazifasiga tiklandi va majburiy progul kunlari uchun ish haqining toʻliq undirib berilishi taʼminlandi.

Bu dalilni keltirishdan maqsad shuki, har bir ish beruvchi mehnat qonunchiligini chuqur bilishi va unga qatʼiy amal qilishi zarur.Shundagina xodimlarning huquqlari ishonchli himoya qilinadi, koʻngilsiz holatlar yuz bermaydi.

Abdujabbor QAHHOROV,
MIB Qorovulbozor tumani boʻlimi
davlat ijrochisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер