Oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Z. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetidagi oʻqishini Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga koʻchirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring