Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3 kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Chirchiq shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.N. fuqaro S.Sh.ni 3 900 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, muqaddam 3 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring