Oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan firibgar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro Sh.S. tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3 bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan.
Fuqaro Sh.S. oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring