Oq uy foyesidan ikki prezidentning portreti olib tashlandi
Oq uy foyesidan AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton va 43-prezident kichik Jorj Bushning portretlari olib tashlandi. Bu portretlar oʻrniga respublikachi prezidentlar — Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt portretlari joylashtirilgan.
CNN telekompaniyasining xabar berishicha, ikki prezidentning portreti kamdan-kam foydalaniladigan xonaga ilib qoʻyilgan.
Oq uy anʼanasiga koʻra, zina yuqorisidagi foyeda avvalgi davlat rahbarlarining portretlari ilinib turishi kerak. Amaldagi prezident mehmonlarni qabul qilishda oʻzidan oldin rahbarlik qilganlar koʻrinib turishi lozim.
Telekompaniyaning taxminiga koʻra, bunga sobiq maslahatchi Jon Boltonning xotiralari asos boʻlgan. U yaqinda chop etilgan kitobida Donald Tramp Klintonni “yomon prezident”, kichik Bushni esa “ahmoq” deb ataganini yozgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring