Oʻnta vazirni ishdan olishimiz kerak – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida shu haftada bitta viloyat hokimi va bitta vazir ishdan olinishini maʼlum qildi.
Lekin ularning ismlari oshkor qilinmadi, deya xabar bermoqda OʻzA muxbiri.
– Sadoqati bor, lekin aravani torta olmayotgani uchun ishdan olaman, eshitasizlar hali. Jonga tegdi bunaqa byurokratlar. Sekin-sekin bittadan viloyat hokimi, tuman hokimi, vazirlarni ham ishdan olib, oʻrniga yosh-yosh kadrlarni qoʻyaman. Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Bosh vazirga aytganman, oʻnta vazirni ishdan olishimiz kerak, deb. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas, – dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring