Onkologiya muassasalarida tibbiy uskunalar taʼminoti qay darajada?

10:47 03 Fevral 2023 Jamiyat
531 0

Onkologiya va radiologiya — ixtisoslashgan tibbiyotning eng murakkab yoʻnalishlaridan. Soha rivojlanib borgani sari aholi orasida oʻsma kasalliklarining tarqalish surʼati ham ortib bormoqda. Bu bir tomondan xastaliklarni erta aniqlash imkoniyatlari ortib borayotgani bilan ham bogʻliq.

— Bugungi kunda nufuzli xorij muassasalari bilan 22 ta xalqaro memorandum imzolaganmiz, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzagʻolib Tillashayxov. — Unga koʻra, soʻnggi yillarda 250 nafardan ortiq yosh mutaxassislarimiz ushbu klinikalarda malaka oshirib qaytdi.

2022-yil ilk bor 100 nafar ogʻir bemorga xorijiy mutaxassislar tomonidan teletibbiyot orqali maslahatlar berilib, ularni mamlakatimizda davolash imkoni yaratildi.

Mahalliy teletibbiyot orqali esa 894 ta maslahat, 36 ta konsilium oʻtkazildi.

Natijada 845 nafar bemorga yashash joyida davolanish imkoniyati yaratildi.

Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 3 barobar koʻp.

Oʻtgan davrda muassasamizda nur terapiya uskunalari 5 tadan 27 taga yetkazildi.

Kimyoviy dori vositalari taʼminoti 10-12 foizdan 90-95 foizga yaxshilandi.

Markaz va uning barcha hududiy filiallarida immunogistoximik laboratoriyalar tashkil etildi.

Koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonini erta aniqlash maqsadida har bir hudud mobil mammograf avtomobillari bilan taʼminlanib, skrining ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер