Ona va bola salomatligi boʻyicha yangi markaz tashkil etiladi

18:52 03 Yanvar 2024 Jamiyat
849 0

Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori (PQ–296-son, 08.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining samarali boshqaruv tizimini yaratish maqsadida 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, onalar salomatligini muhofaza qilishning takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj tizimi joriy etiladi.

Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari”:

oʻzlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil etadi;

tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonasi” boʻlimi bilan birgalikda homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi hamda xavf omillari aniqlanganda Markazning hududiy filiallariga yuboradi;

tugʻuruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish choralarini koʻradi;

reproduktiv yoshdagi aholi va homilador ayollar oʻrtasida tibbiy madaniyat, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom oilani rejalashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер