Oʻn nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

20:39 23 Iyul 2020 Dunyo
816 0

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun, 23-iyul kuni “Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi farmonini imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portaliga asoslanib Sputnik. 

Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 57 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Xususan, farmon Oʻzbekiston hududida tugʻilgan 10 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.

Shu bilan bir qatorda, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Avstriya, Vyetnam va Chernogoriyada tugʻilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер