“Omikron”ning yangi varianti qaysi tana aʼzolariga taʼsir koʻrsatishi maʼlum boʻldi

05:01 23 Aprel 2023 Dunyo
1306 0

Avval Hindistonda aniqlanib, soʻng AQSH, Avstraliya, Singapur, Germaniya kabi bir qator mamlakatlarga kirib kelgan “omikron” shtammining yangi XBB.1.16 — “Arktur” subvarianti Rossiyada ham roʻyxatga olindi.

Mutaxassislar hozir bu mutatsiyaga xos alomatlarni chuqur oʻrganmoqda. Xususan, hind shifokorlari fikriga koʻra, virus asosan koʻzning shilliq qavatiga taʼsir koʻrsatyapti. Oqibatda qichishish va qizarish bilan kechadigan konyunktivit kuzatilmoqda.

Rossiyalik pediatr-immunolog, tibbiyot fanlari doktori Andrey Prodeusning taʼkidlashicha, oʻta yuqumli deb baholanayotgan XBB.1.16 versiyasi “kraken”ning yaqin qarindoshi.

Xastalik asosan pollinoz (mavsumiy allergik kasallik) simptomlari bilan juda oʻxshash. Shu bilan birga, yuqori isitma va yoʻtal ham “Arktur”ga xos alomat.

Shifokorlar xulosasiga koʻra, endilikda koronavirusning yangi variantlari pnevmoniyani deyarli keltirib chiqarayotgani yoʻq.

Shunga qaramay, ekspertlar aholiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda. Chunki yaqin kelajakda “omikron”ning XBB.1.16 va XBB.1.9 turlari katta ehtimol bilan Yer yuzida dominant versiyaga aylanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер