Ombudsman Surxondaryodagi shifoxonada IIB xodimi erkakni kishanlab, jismoniy kuch ishlatgani holati boʻyicha munosabat bildirdi

18:45 12 May 2023 Jamiyat
742 0

Ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali 2023-yilning 12-may kuni tarqalgan ichki ishlar xodimi shifoxonada qoʻli kishanlangan fuqaroni qiynab, uni kaltaklagani aks etgan video Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov tomonidan oʻrganildi.

Tasvirda qoʻli bogʻlangan erkak boshqa bir ayol shikoyati bilan IIB navbatchilik qismi xodimi tomonidan Muzrabot tumandagi tibbiyot markazida tashkil etilgan alkogol mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktiga olib kelingan.

Videotasvirga koʻra, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat kiyimidagi shaxs deraza oynalari panjara bilan toʻsilgan xonada qoʻllari bogʻliq holda yotgan shaxsga jismoniy kuch ishlatgan.

Oʻzaro janjal paytida qoʻpol muomalada boʻlgan fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish soʻnggi chora sifatida, tegishli normativ-hujjatlarga muvofiq qoʻllanilishi zarur.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi 1-qismiga koʻra, insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsiz ekani va hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emasligi aniq belgilab qoʻyilgan.

Mazkur holat boʻyicha Ombudsman tomonidan ichki ishlar organi xodimi tomonidan sodir etilgan har bir qonunbuzilish holatlari yuzasidan qatʼiy taʼsir choralari qoʻllanilishini soʻrab Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер