Ombudsman oʻrinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Qabulga 10 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ishga tiklash, uy-joy, fuqarolikka qaytish, sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.
Eslatib oʻtamiz, fuqarolar toʻgʻridan-toʻgʻri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring