Oltinkoʻlning oʻz shoxbekati bor
Aksariyat xolalarda avtotransport vositalari natijasida kelib chiqadigan tartibsizliklarga tumanda shoxbekatning yoʻqligi sabab boʻlmoqda. Oltinkoʻl tumanidagi bu vaziyatga yangi shoxbekatning ishga tushishi barham berdi.
-Shu paytgacha shoxbekat vazifasini katta yoʻlning ikki cheti oʻtab kelgandi,-deydi tadbirkor Nurillo Sattorov.-Bu haydovchilarga ham, yoʻlovchilarga ham noqulaylik keltirgani bois yangi shoxbekatni bunyod etdik.

“Andijon - Namangan” avtomagistral yoʻlida joylashgan ushbu hududda “Yangi yoʻl sifat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazilgan maskan uchun “Agrorbank”ning viloyat filiali tomonidan 100 million soʻm miqdoridagi mablagʻ yoʻnaltirildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring