“Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalining ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

16:30 19 Noyabr 2023 Jamiyat
717 0

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Turkmanistondan kelgan mohir sozandalar ijrosida konsert dasturlari boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 18-noyabrdan 23-noyabr kuniga qadar Toshkent shahrida ilk bor “Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi.

Bu Oʻzbekistonda yana bir muhim voqelikka aylanishi shubhasiz. Festivalda nafaqat yurtimiz, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkmaniston, Qirgʻiziston kabi turli davlatlardan ham ijodkorlar va musiqachilar ishtirok etadi. Toshkent shahridagi katta sahnalar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining katta va organ zallarida, “Turkiston” sanʼat saroyi sahnasida skripka, violonchel, pianino ijrochilari, dirijyorlar va hamda orkestr jamoalari oʻz sanʼatlarini namoyish qiladilar.

Maqsadi – xalqaro toifadagi barcha yetakchi orkestrlar va ijrochilar oʻrtasida doʻstona munosabatlar hamda oʻzaro tajriba almashinuvini taʼminlashdir. Gʻarb va sharq mamlakatlarining klassik musiqasini namoyon etishda ushbu festivalning oʻrni beqiyos.

Taklif etilgan kamer orkestr va yakka ijrochilar oʻzlarining repertuarlaridan oʻrin olgan durdona asarlarni mohirona ijrolari bilan Oʻzbekistonda namoyish etishi katta maktab vazifasini oʻtaydi.

Har bir festival — yangi yulduzlar, yangi nomlar, yangi taassurotlar, keng axborot va musiqa bilan muloqotning ajoyib bir shaklini hosil qiladi. Uning ishtirokchilari turli xorijiy davlatlardan kelishiga qaramay, ular yagona – musiqa tilida soʻzlashadi. Bu millat tanlamas tildir.

Albatta, ushbu xalqaro musiqa festivali tomoshabinlar orasida ham, professionallar orasida ham eʼtirofga sazovor boʻladi. Chunki festival doim bayram, yorqin musiqiy jilolar va isteʼdodli nomlarning kaleydoskopi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер