Olti nafar taekvondochimiz jahon reytingining kuchli oʻnligida
Butunjahon taekvondo federatsiyasi yakuniy Gran-pridan soʻng sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
2022-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili oʻz vazn toifasida kuchli oʻnlikdan oʻrin olgan. Bu yil +73 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Svetlana Osipova 2-pogʻonaga koʻtarildi.
Shuningdek, Niyaz Pulatov, Ulugʻbek Rashitov va Feruza Sodiqova toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Faoliyatida qisqa tanaffus olgan Charos Qayumova hozircha 12-oʻrinda qatorda turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring