Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlangan
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Uning oʻrniga ushbu lavozimga Mullajanov Abdumajid Fayzullayevich tayinlandi.
Abdumajid Mullajanov 1970-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Koʻp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2019-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring