Olmaliqda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi
Olmaliq shahrida “Navroʻz” bayramini yuqori saviyada oʻtkazish, shaharda jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini taʼminlash, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida, joriy yilning 18-mart kuni soat 22:00 dan 19-mart kuni soat 22:00 gacha ayrim koʻchalarda qatnov harakati cheklanadi.
Jumladan, Olmaliq shahridagi Amir Temur koʻchasining “Kamalak” chorrahasidan “Gulshan” koʻchasi bilan kesishgan qismigacha boʻlgan Furqat, Yuksalish, A.Navoiy, Istiqbol tutashgan koʻchalari, shuningdek, Yuksalishning Parvoz koʻchasi bilan kesishgan qismi yopilib, avtomobil transport qatnovi harakati vaqtincha toʻxtatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring