Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi
Illyustrativ foto
Hukumatning tegishli qarorlari bilan Olmaliq, Chirchiq shaharlarining 2035 yilgacha, Angren shahrining 2032 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida maʼlum qilindi.
Qarorlarga muvofiq, Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi.
Shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.
Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik taʼminoti modernizatsiya qilinadi.
Hududlarning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi maydonlar, xiyobonlar va bogʻlar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.
Shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimi ishlab chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring