Olis va chekka hududlarda yangi ishlab chiqarishlar paydo boʻlmoqda — Shavkat Mirziyoyev

16:22 26 May 2022 Siyosat
946 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Joriy yilning oʻzida 2 mingta loyihani amalga oshirish, 110 mingta yangi ish oʻrni yaratish va 1 milliard dollar qoʻshimcha eksportni taʼminlash uchun imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.

Oʻtgan besh yilda 19 ta erkin iqtisodiy zona (ungacha atigi 3 ta bor edi) va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularda 10 trillion soʻmlik 1 mingdan ortiq loyiha ishga tushirildi.

Natijada 100 mingta ish oʻrni yaratilib, yiliga qoʻshimcha 45 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarila boshlandi.

Shuningdek, sanoat zonalaridagi korxonalar yiliga 750 million dollarlik eksport va 1 trillion soʻmdan ziyod soliq tushumlarini taʼminlamoqda.

“Asosiysi, har bir tumanga sanoat kirib bordi, olis va chekka hududlarda yangi ishlab chiqarishlar paydo boʻlmoqda”, dedi Prezident.

Xususan, besh yil avval sanoat umuman boʻlmagan 11 ta tumanda 205 ta yangi korxona ish boshlab, bugungi kunda ularda sanoat hajmi 2 barobar oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер