Olimlar soch toʻkilishiga qarshi noyob vositani aniqlashdi

21:45 28 Yanvar 2021 Dunyo
2080 0

Tailandlik olimlar soch toʻkilishiga qarshi yangi vositani aniqlashdi.  Bu haqda Sputnik Daily Mail manbasiga tayanib xabar berdi. 

Tadqiqotchilar soch toʻkilishining eng keng tarqalgan shakli — androgenetik alopetsiyadan aziyat chekayotgan 50 kishini jalb qilgan holda tajriba oʻtkazdilar. Mangrov daraxtining bir turi boʻlgan dengiz avitsenniyasida soch toʻkilishini toʻxtatuvchi avitsexinon-C kimyoviy moddasi borligini aniqladilar.

Eksperiment ishtirokchilari muntazam ravishda avitseniya ekstraktini bosh terisiga surtishdi. Olimlar avitsexinon-C nafaqat soch toʻkilishining oldini oladi, balki yangi soch oʻsishiga ham yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.

— Biz bu oʻsimlikda juda koʻp foydali xususiyatlarni topdik. Birinchidan, u fermentlarning soch toʻkadigan gormonlarni ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi. Ikkinchidan, dengiz avitsenniyasi tanada soch oʻsishiga yordam beradigan oqsilni ishlab chiqarishga yordam beradi — deydi Chulalongkorn universiteti professori Vanchay Diknamkul.

Uning taʼkidlashicha, soch toʻkilishining oldini oladigan preparatlarning aksariyati kimyoviy moddalar bilan sintez qilingan sintetik moddalardan iborat. Bunday mahsulotlar koʻp salbiy taʼsirlarga ega, dengiz avitsenniyasi ekstrakti esa tabiiy moddalardan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер