Olimlar qandli diabet, sirroz va saratonning oldini oladigan shifobaxsh ichimlikni aniqladi
Qahvaning meʼyorida ichilganda foydali xususiyatlari koʻpligi isbotlangan. Yangi tadqiqotlar ushbu ichimlikning yana bir oʻziga xos xususiyatini ochib berdi, deb yozadi “Express” nashri.
Maʼlum boʻlishicha, qahva ichish jigar sirrozi kasalligini, shuningdek boshqa xavfli kasalliklarni, shu jumladan, 2-toifa diabet va saratonning oldini oladi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, ichimlik jigar fermentlariga taʼsir qiladi va yogʻ birikmasini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, zararli toʻqimalarning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan moddalardan xalos etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring