Olimlar qayta koronavirusga chalinish sababini aniqlashdi

22:33 21 Avgust 2020 Dunyo
1316 0

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets umumiy kasalxonasi mutaxassislari odamlar nima uchun koronavirusni qayta yuqtirishlari sababini topishgan. Ushbu tadqiqot natijalari Cell jurnalida eʼlon qilindi.

Unga koʻra, koronavirusdan vafot etganlarning taloq va limfa tugunlarini oʻrganib chiqqan olimlar ushbu aʼzolarda barqaror immunitetni taʼminlaydigan germinal markazlar yoʻqligini aniqlashgan.

Mutaxassislarning izohlashlaricha, koronavirusning ogʻir shakli bilan ogʻrigan bemorlarning organizmida koʻplab molekulalar - germinal markazlar shakllanadigan sitokin TNF hosil boʻladi.

Taʼkidlanishicha, ayni shunday holatda, yaʼni barqaror immunitetni taʼminlaydigan germinal markazlar yoʻqligi bois ham koronavirusdan tuzalib ketganlar, keyinchalik uni yana yuqtirishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер