Olimlar koronavirus qayta yuqishini ilk bor isbotlashdi
Gonkong universiteti olimlari koronavirusni qayta yuqish holati birinchi bor oʻz tasdigʻini topganini maʼlum qilishdi, deb xabar berdi The New York Times.
Qayd etilishicha, 33 yoshli erkak koviddan sogʻayib chiqqandan toʻrt oy oʻtib yana shu dardga yoʻliqqani aniqlangan. Birinchi galda bemorda yengil belgilar kuzatilgan boʻlsa, bu safar simptomlarsiz kechgan.
Olimlarning aytishicha, ushbu bemor Ispaniyadan qaytib kelganidan soʻng unda yangi infeksiya aniqlangan. Tekshirishlardan soʻng, uning shtammi oʻsha erkak birinchi bor yuqtirib olgan virusdan sezilarli farq qilishi, koʻproq iyul-avgust oylarida Yevropada kuzatilgan Covid-19ga oʻxshab ketishi maʼlum boʻldi.
Bundan oldin AQSH va boshqa davlatlarda ham koronavirusga takroriy chalinish holatlari yuz bergani taxmin qilingan, ammo bu chuqur tadqiqotlar bilan isbotlab berilmagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring