Olimlar COVID-19ning asosiy tashuvchilarini aniqlashdi
Koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasi toʻgʻridan-toʻgʻri yoshlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarning koʻpayishi bilan bogʻliq.
Bu haqda amerikalik olimlarning nufuzli Science jurnalida chop etilgan xulosalarida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, ushbu mavzu doirasida tadqiqot ishlari olib borgan AQSHning Prinston, Jons Xopkins hamda Kaliforniya universiteti olimlari COVID-19ning tarqalishida aynan oʻsmirlar katta rol oʻynaydi degan yakuniy va ishonchli xulosaga kelishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mutaxassislar xastalikning mumkin boʻlgan yuqish yoʻllarini kuzatish uchun Hindistonning janubi-sharqidagi shtatlardan biridagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilishgan. Natijada xavfli koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlardan uchdan ikki qismining boshqa odamlar bilan aloqa boʻlish orqali yuqtirilganligi aniqlangan. Faol turmush tarziga moyil boʻlgan yoshlar esa ushbu jarayonda birinchi manba rolida boʻlishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring