Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi
Olimjon Alijonovich To‘ychiyev Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan u Prezident qaroriga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring