Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi eʼlon qilindi

16:00 04 Noyabr 2021 Jamiyat
1994 0

Bugun Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjuman davomida oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi eʼlon qilindi.

Reyting natijalariga koʻra, yetakchi oʻrinlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti egalladi.

Soʻnggi oʻrinlardan esa Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti oʻrin oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер