Oliy sud raisi Rossiya Tergov qoʻmitasi tomonidan medal bilan taqdirlandi
Фото : Олий суд матбуот хизмати
Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudi raisi Kozimjon Komilov Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil maʼlumot berildi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuv doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Aleksandr Bastrikin Kozimjon Komilovni Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining “Za zaslugi” medali bilan taqdirladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring