Oliy Majlisi Senati Raisi Armaniston Respublikasi Milliy majlisi Raisi A.R.Simonyan bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Bugun, 27-oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayevaning Armaniston Respublikasi Milliy majlisi Raisi A.R.Simonyan bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy sohada, shu jumladan, ikki tomonlama savdo hajmlarini boyitish va nomenklaturasini kengaytirish, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, mashinasozlik kabi sohalarda oʻzaro manfaatli kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyishda foydalanilmagan katta salohiyat borligini taʼkidlandi.
T.Narbayeva ikki tomonlama asosda ham, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida ham parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish zarurligini alohida taʼkidladi. Jumladan, davlatlar parlamentlarida ikki tomonlama hamkorlik guruhlari tashkil etilgan va bu guruhlar Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda faolroq ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.
Tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda ham hamkorlikni izchil rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun institutsional asos boʻlib xizmat qiladigan parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi doiraviy bitimni ishlab chiqish va imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring