Oliy Majlis Senatining qirq beshinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

10:39 29 Sentyabr 2023 Siyosat
349 0

Bugun, 29-sentabr kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq beshinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisi oʻz ishini avvalida, Senat Raisi T.Norboyeva kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir boʻlgan portlash oqibatida zarar koʻrgan hamyurtlarimizga parlament yuqori palatasi nomidan hamdardlik bildirdi:

— Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga binoan holat boʻyicha zudlik bilan Hukumat komissiyasi ish boshladi.

Hozirda komissiya holat sabablarini oʻrganish va talafotlarni bartaraf etish, jumladan jabrlanganlarga har taraflama yordam koʻrsatish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

Ishonamizki, tez fursatlarda xodisa oqibatlari toʻliq bartaraf etiladi.

Fursatdan foydalanib, bunday ogʻir damlarda matonat koʻrsatayotgan qutqaruvchi – harbiylarimizga (FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari ), shifokorlarimizga, qolaversa, jablanganlarga beminnat yordam qulini choʻzayotgan fidoyi hamyurtlarimizga hamda volontyorlik harakatiga barcha senatorlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер