Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi
Majlisda dastlab deputatlar suv xoʻjaligi vaziri Sh. Hamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitmoqda.
Parlament eshituvida aytib oʻtilganidek, Konsepsiya doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida sohada suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish, yerlarni lazerli tekislash, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish hisobidan jami 3,1 mlrd. kub metr suv tejalgan.
Konsepsiya doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning grant mablagʻlari hisobidan 61 ta suv xoʻjaligi obyektida suv resurslarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi “aqlli suv” qurilmalari, 15 ta kichik meteostansiya hamda joylardagi vaziyatni vizual nazorat qilish imkonini beruvchi kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring