Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar dastlab “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishyapti.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, tuproqlarning holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, mas’ul vazirlik va idoralarning vakolatlari, yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproq holati va sifatiga ta’sir qiluvchi loyihalar, vositalar va texnologiyalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish masalalari ham o‘z aksini topyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring