Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda

11:58 28 Dekabr 2023 Siyosat
1024 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlashga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, tovarlarni eksport, reimport va reeskport bojxona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillari soddalashtiriladi.

Qonun loyihasida tovarlarning bojxona qiymatini belgilashning asosiy usuli sifatida shartnoma bahosi qatʼiy belgilanmoqda. Bir vaqtning oʻzida bir nechta bojxona tartibotlarni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini belgilovchi Bosh taʼminlov hujjatini qoʻllash amaliyoti kiritilmoqda.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar kirib kelishining oldini olish maqsadida bojxona organlariga qoʻshimcha huquqlar berilmoqda. Tovarlar boʻyicha ekspertiza yakunlanmagan boʻlsa ham, ushbu tovarlarni importga shartli chiqarib yuborish amaliyoti joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan tadbirkorga tovarlarni Oʻzbekistonga olib kelgunga qadar ular boʻyicha bojxona toʻlovlari va ishlab chiqarilgan mamlakatini aniqlash yuzasidan oldindan maʼlumot olishning huquqiy asosi mustahkamlanmoqda. Mazkur yangi tartibning joriy etilishi tadbirkorlarga oʻz bizneslarini oldindan rejalashtirishga yanada keng imkoniyat yaratib beradi.

Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер