Oldimizda 680 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha muhim vazifa turibdi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Oʻquv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar oʻrta taʼlim, 151 ming nafar kasb-hunar taʼlim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha muhim vazifa turibdi”, dedi Prezident.
Shu maqsadda barcha hokimlar:
— bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;
— ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlarning aniq vaqti, joyi va telefonlarini eʼlon qiladi;
— uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;
— bitiruvchilarning ishga ehtiyoji, qiziqishi va koʻnikmalarini oʻrganib, ularning balansini shakllantiradi;
— ish beruvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ularning ota-onasi bilan tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor koʻrib chiqilishi shartligi belgilandi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilar axborot berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring