Oksford universitetida oʻzbek tili kursi ochiladi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani oʻrinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uygʻonish davri adabiyotining serqirra ijodkorlari, olimu fuzalolari, ularning asarlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Muassasaning oʻzbek tili va madaniyatini targʻib etishdagi ishlari, “Oʻzbek maktabi” faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Soʻng oʻtkazilgan uchrashuvda Oksford universitetida oʻzbek tili kursini ochish va uni metodik qoʻllab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Tomonlar shu yilning dekabr oyida Oksford universiteti rasmiy delegatsiyasining tashrifi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring