Oksana Chusovitina finalda!
Ayni kunlarda Ozarbayjonda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina final bosqichiga yo‘l oldi.
Yurtdoshimiz o‘zining sevimli tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Chusovitina saralash bosqichida 13.266 ball to‘plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgan. Final dasturi ertaga bo‘lib o‘tadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring