Oxirgi sutkada dunyoda koronavirusga chalinish boʻyicha 786 mingdan ziyod yangi holat aniqlandi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 157 million 289 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 277 mingdan ziyod kishi vafot etgan (09.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:43 holatiga koʻra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 786 943 yangi holati aniqlandi.
12 994 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 11:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 158 million 337 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 293 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,300 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (22,296 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (15,082 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,676 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,016 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 43 193 (shuningdek, ushbu davlatda 575 322 nafar kishi vafot etgan), Hindistonda 403 738 (242 362 nafar kishi vafot etgan), Braziliyada 78 886 (419 114 kishi vafot etgan), Fransiyada 20 745, Turkiyada esa 18 052 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring