Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 8 443 nafar bemor vafot etdi — JSST

11:08 16 Dekabr 2020 Dunyo
884 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 71 million 581 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 618 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.12.2020-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:51 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 496 156 yangi holati aniqlandi, 8 443 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.12.2020-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:28 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 73 million 475 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 635 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 16,041 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (9,906 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (6,901 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (2,707 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Fransiya (2,338 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер