Oylikdan oylikkacha qancha yetmayapti?
Illyustrativ foto
Rossiyaning “Robot Zaymer” onlayn-kreditlash servisi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda rossiyaliklarga oylik ish haqqiga yetib olgunga qadar qancha mablagʻ yetmayotgani aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Natijaga koʻra, mamlakat aholisining toʻrtdan uch qismi oylikdan oylikka yetib olishlari uchun orada pulga ehtiyoj sezishlarini bildirgan.
“Rossiyaliklarning 38,4 foizi oila byudjetini risoladagidek yopib olishi uchun qariyb 10 ming rublga ehtiyoj sezadi”, - deyiladi xabarda.
Qolaversa, 6,8 foiz respondentga qoʻshimcha 6-8 ming rubl, 8,4 foiziga esa 5 ming rubl, 10,2 foiziga 3-4 ming rubl, 11,4 foiziga 1-2 ming rubl kerak boʻlishi aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring