OITSdan butunlay tuzalgan dunyodagi birinchi odam yana jiddiy xastalikka chalindi
Foto: AP
Dunyoda birinchi boʻlib OITS kasalligidan butunlay davolangan Timoti Rey Braun saraton kasalligiga chalingan. Bu haqda “Associated Press” axborot agentligi xabar berdi.
Braun 1995-yilda Berlinda oʻqib yurgan vaqtida OITSni yuqtirib olgani maʼlum boʻlgan, shu bois unga “Berlin bemori” nomi berilgan.
2007-yilda u ildiz hujayrasini transplantatsiyasini oʻtkazdi. Bu kutilmagan taʼsirga olib keldi — transplantatsiya qilinganidan uch yil oʻtgach, uning qonida OITS aniqlanmay qoʻygan.
2019-yilda esa Braunda saraton kasalligi alomatlari paydo boʻlgan. Shu bois u hozir xospis (davolab boʻlmaydigan kasalliklarning soʻnggi bosqichida bemorlarga palliativ yordam koʻrsatadigan tibbiy-ijtimoiy muassasa)da qolmoqda.
Braunning taʼkidlashicha, u transplantatsiya qilinganidan hali ham xursand. Unda hanuzgacha OITS kasalligi alomatlari yoʻq.
Braunni 2007-yilda davolagan shifokorlar, uning ishi koʻplab bemorlar uchun OITSni davolashga umid berganligini taʼkidlashadi. Suyak iligi transplantatsiyasi qimmat va xavfli boʻlishiga qaramay, natijalarning oʻzi OITSni toʻliq davolash yoʻlini topishga imkoni berishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring