“Oilaviy” telekanali oʻrniga yangi telekanal tashkil etiladi
“Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy” telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
Telekanal oʻz dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn oʻrgatishga ajratiladi.
Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda oʻzbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring