Oilaviy zoʻravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga koʻra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

17:10 09 Aprel 2025 Jamiyat
368 0

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1053-son, 09.04.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, endilikda oilaviy zoʻravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga koʻra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

Shuningdek, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusiga koʻra turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar-joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilangan.

“Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер