“Oilaviy shifokor” yoʻnalishi boʻyicha mustaqil faoliyatga ruxsat beriladi
Oʻtgan yili yurak nuqsoni bor bemorlarda 7 mingdan ortiq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarining 70 foizi Toshkentda bajarilgan.
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida joriy yildan:
— bunday operatsiyalar barcha viloyatlarda oʻtkaziladi;
— ehtiyojmand aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish jarayoniga xususiy tibbiyot muassasalari ham jalb etiladi;
— yuqori texnologik tekshiruvlarni amalga oshirish uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
— Toshkent shahrida toʻliq va 14 ta hududda 2 tadan tuman(shahar)da shunday laboratoriyalar ishga tushiriladi;
— tibbiy sugʻurta tizimi bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi;
— “oilaviy shifokor” yoʻnalishi boʻyicha mustaqil faoliyatga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring