Oʻgʻri oʻgʻirlagan pullarni omonatga qoʻydi

21:34 27 Noyabr 2019 Jamiyat
1084 0

Illyustrativ foto

Xalqimizda birovning haqi buyurmaydi degan gap bejiz aytilmagan. Ammo baʼzilar buni unutib, jinoyatga qoʻl urishadi. Barcha siri fosh boʻlganda esa kech boʻladi.

“Xalqaobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi T. Usmonov boshqalardan boʻlgan qarzini uzishning “antiqa” yoʻlini topdi. U bozorda aylanib yurgan chogʻida hamqishlogʻi Muzaffar akaning qoʻlida anchagina pul ushlab turganini koʻrib, uni oʻmarishni maqsad qildi. Shu kuni kechasi M. Ergashevning uyiga yoʻl oladi. Uyda hech kim yoʻqligini aniqlagach, yashash xonadoniga kirib, pullarni qidira boshlaydi. U yotoqxonada saqlanayotgan temir seyfni ocha olmaganidan soʻng, uni koʻtarib chiqib, ijaraga olgan uyga olib borgan. Ertasi kuni seyfni buzib, uning ichidagi 6 ming 500 AQSH dollari 100 yevro, 100 Xitoy yuani, 1 ming Rossiya rubli, bir juft ayollar tilla sirgʻasi va tilla zanjiri, bir dona erkaklar tilla uzugi, bir dona ayollar tilla uzugini olib, talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, T.Usmonov M.Ergashevning yashash xonadoni kadastr yigʻma jildini, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish talonini ham olib, bu hujjatlarni togʻasining uyiga olib borib yashirgan. U 33 million soʻm pullarni bankka olib borib, omonatga topshirgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida T.Usmonovdan oʻgʻirlangan bir dona temir seyf, M.Ergashevga tegishli haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloni, uy hujjatlari, bir dona tilla zanjir va ATB “Agro bank” Shirin filiali tomonidan berilgan omonat daftarchasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilib, T. Usmonovga 5 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sh. Shamshiyev,

Jinoyat ishlari boʻyicha Zomin tuman sudi raisi

OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер